Nima uchun odamlar (va tadbirkorlar) nima xohlashlarini bilishmaydi
Tadbirkorlar va turli soha vakillari bilan muloqot qilish jarayonida men muntazam ravishda bir xil tizimli muammoga duch kelaman. Qachonki insonga: «Aynan nimani xohlaysan?» deb toʻgʻridan-toʻgʻri savol bersang, aksariyat hollarda javob juda mavhum, noaniq va umumiy iboralardan iborat boʻlib chiqadi.
Koʻpchilik ularga imkoniyatlar, resurslar yoki miqyos yetishmayapti, deb hisoblaydi. Ammo amaliyotda muammo boshqa narsada — inson oʻz haqiqiy maqsadlarini tashqi taʼsirlardan ajratib olish uchun hech qachon chin dildan toʻxtab fikr yuritmagan. Umrimizning 30–40 yoshlariga kelib biz standart toʻplamga ega boʻlamiz: biznes, mavqe, muvaffaqiyat belgilari. Biroq ichimizda — boʻshliq va bir savol tugʻiladi: «Bu umuman mening hayotimmi?» 🌫
Nima uchun tizimda xatolik yuz beradi?
Bu global muammoning bir nechta asosiy sabablari bor:
1. Axborhot shovqini — ongni bostirish vositasi
Ijtimoiy tarmoqlar, trendlar va «muvaffaqiyatli muvaffaqiyat» — bu shunchaki kontent emas. Bu bizning oʻz fikrlarimiz oʻrnini egallaydigan oʻzgalarning tayyor hayot ssenariylaridir. Tinimsiz lenta varaqlash va kundalik yugur-yugurlar rejimida miya ichki signalni eshitish qobiliyatini yoʻqotadi. Haqiqiy istaklar esa shovqinsizlikni talab qiladi, bizda esa bu narsa yoʻq.
2. Tushunchalarni almashtirib qoʻyish: Mavqe va Qoniqish tuygʻusi
Biz koʻpincha oʻzimizga haqiqatdan ham kerak boʻlgan narsaga emas, balki bozor va jamiyat nazarida obroʻli koʻrinadigan narsaga intilamiz. Qimmatbaho mashina, yuqori lavozim yoki kompaniyaning katta aylanmasi — bu shunchaki tashqi belgilar xolos. Maqsadga erishilganda qoniqish hissi boʻlmasa — demak, maqsad soxta boʻlgan.
3. Haqiqatdan himoyalanish instinkti
Aniq va rostgoʻy javobni shakllantirish qoʻrqinchli. Chunki bunday aniqlik oʻz ortidan quyidagilarni talab qiladi:
-
Keskin oʻzgarishlar qilish zarurati.
-
Odatga aylangan muhit yoki biznes-modelni yoʻqotish xavfi.
-
Oʻtgan yillar «notoʻgʻri yoʻnalishga» sarflanganini tan olish.
Ruhiyatimiz uchun yillar davomida «biz hozircha maqsadni shakllantirish bosqichidamiz» degan holatda qolish xavfsizroqdir.
4. Motivatsiya tanqisligi haqidagi xomxayol
Odamlar «sehrli turtki» yoki taym-menejmentning yangi vositalarini qidirishadi, vaholanki ularga aslida aniqlik kerak. Motivatsiya — bu maqsadni aniq tushunishning natijasidir. Agar siz oʻzingizni doimo nimagadir «majburlayotgan» boʻlsangiz — katta ehtimol bilan, sizni begona vazifalardan himoya qilayotgan ichki tizimni kuch bilan buzib kirmoqchi boʻlyapsiz.
Xulosa: Toʻgʻri savol berishni oʻrganing
Savol «qanday qilib oʻzimni koʻproq ishlashga majburlasam boʻladi?» degan mazmunda boʻlmasligi kerak.
Savol boshqacha boʻlishi lozim: «Bu haqiqatan ham mening maqsadimmi yoki men shunchaki oʻzgalarning kontraktini sidqidildan bajaryapmanmi?»
Qachonki aniqlik boʻsa — energiya va diqqat-eʼtibor oʻz-oʻzidan paydo boʻladi. Sunʼiy motivatsiyalarsiz.
Batafsilroq muhokama qilishimiz mumkin yoki izohlarda oʻz fikringizni qoldiring. Vaziyatni birgalikda tahlil qilamiz.