Marketing 1000%: nega kimdir imperiya quradi, boshqalar esa budjetni «havoga uchiradi»
Biznesdagi 30 yillik faoliyatim davomida yuzlab kompaniyalarni ko‘rdim. Va ularning aksariyati bitta tizimli xatoni takrorlaydi: instrumentlar bilan marketingni adashtirib yuborishadi. Bu haqda tez-tezg yozib turaman, lekin mavzuni yana bir bor takrorlash zarar qilmaydi.
Ko‘pchilik uchun marketing hali ham «chiroyli postlar», logotip va reklama kabinetidagi «targ‘ib qilish» tugmachasidan iborat. Vaholanki, haqiqiy marketing tashqi qobiq tugagan joydan boshlanadi.
1000 foizli marketing nima degani?
Haqiqiy, samarali marketing shunchaki oddiy reklamadan tubdan farq qiladi. Bu shunday tizimki, unda:
-
Kontent shunchaki layk yig‘maydi, balki mijozning fikrlashini o‘zgartiradi.
-
Brend shakllanadi — hali mijoz sotuv bo‘limi bilan ilk bor bog‘lanmasdan turib, unda ishonch poydevori yaratib bo‘linadi.
-
Sotuvlar mijozni chegirma bilan «siqib suv chiqarishga» emas, balki qaror qabul qilish psixologiyasiga asoslanadi.
Chegirma berish — ko‘p aql talab qilmaydigan, zaif marketologlarning sevimli usuli. Ammo uzoq muddatli istiqbolda bu brend marjasini yo‘q qiluvchi ва boshi berk ko‘chaga olib boruvchi yo‘ldir.
Muammoning ildizi nimada?
Biznesning asosiy xatosi — ular ma’no, maqom (status) va yechim sotish o‘rniga, shunchaki mahsulotni sotishga harakat qilishadi.
Bu qoidani allaqachon tushunib yetgan jahon bozori yetakchilariga e’tibor qarating:
| Brend | Ular nima ishlab chiqaradi | Ular aslida nima sotishadi (ma’no darajasida) |
| Apple | Elektronika va texnika | Identifikatsiya, uslub va yuqori maqom |
| Nike | Sport poyabzali va kiyimlari | To‘siqlarni yengib o‘tish, motivatsiya va qulaylik |
| Starbucks | Qahva | Muhit, shinamlik va uy bilan ish o‘rtasidagi «uchinchi makon» |
Asosiy xulosa: odamlar mahsulotning texnik xususiyatlari uchun emas, balki his-tuyg‘ular va mahsulotingiz yonida o‘zlarini kimdek his qilishlari uchun ko‘proq to‘lashga tayyor.
Mukammal marketing strategiyasi qantay tuziladi va tizim qanday kuchaytiriladi
Marketingni doimiy xarajatlar moddasidan kompaniyaning asosiy foyda dvigateliga aylantirish uchun aniq brend arxitekturasi kerak. Tizimda quyidagi to‘rtta element ishlasa, u barqaror bo‘ladi:
1. Ma’nolar arxitekturasi va brend pozitsiyasi
Agar brendingiz shunchaki orqa fondagi shovqindek yangrasa — uni hech kim sezmaydi. Sizga to‘g‘ri nishonga uradigan noyob kommunikatsiya kerak. Mahsulotning ma’nosi va qiymati mijoz tomonidan bir necha soniya ichida anglanishi shart.
2. Aniq va kuchli offer (taklif)
Mijozning haqiqiy og‘riqli nuqtasini yopa oladigan bitta kuchli, aniq hisoblab chiqilgan taklif, keng omma uchun berilgan millionlab noaniq va samarasiz reklamalardan ko‘ra foydaliroqdir.
3.Ishonch psixologiyasi va repitatsiya kapitali
Bugungi axborot ummonida obro‘ va tasdiqlangan ekspertlik — eng barqaror valyutadir. Ishonch har qanday agressiv sotuv usullaridan ko‘ra yaxshiroq daromad keltiradi.
4. Mijozlar psixologiyasi va xulq-atvor tahlili (Analitika)
Havolani nechta odam bosgani (bu shunchaki maqtanishingiz uchun raqamlar) emas, balki ular sotuv voronkasining qaysi bosqichida va nima sababdan qolgani yoki chiqib ketgani muhim.
Xulosa: Kelajak marketingini kim qurishi kerak
Zamonaviy marketing — bu psixologiya, ma’lumotlar va strategiyaning chambarchas qorishmasidir.
Agar kompaniyangizning rivojlanishi hech qanday aniq natijasiz, tinimsiz va tartibsiz «gipotezalarni sinab ko‘rish» jarayoniga aylanib qolgan bo‘lsa va budjet suvdek oqib ketayotgan bo‘lsa — demak, tizimning o‘zida mantiq buzilgan.
Bozorni reklama kabineti sozlamalaridan ko‘ra chuqurroq ko‘ra oladigan ishchi strategiyani yaratish — bu oddiy «ijrochi reklamachi»ning emas, balki tizimli fikrlaydigan marketolog-strategning vazifasidir.
Marketing boshi berk ko‘chaga kirib qolganini his qilyapsizmi?
Agar siz budjetlarni havoga uchirishni to‘xtatib, kuchli va tizimli strategiya yaratishni xohlasangiz — menga shaxsiy xabar tarzida yozing. Strategik sessiyada vaziyatingizni chuqur va batafsil tahlil qilib chiqamiz